Huawei 1
Bir kunda propanning birjadagi narxi deyarli 4%ga oshdi

Tovar-xom ashyo birjasida (O‘zRTXB) propan narxi kun davomida qariyb 4%ga oshdi. Bu haqda savdo platformasi matbuot xizmati xabar berdi.

2-dekabr kuni suyultirilgan gaz narxi 3,9%ga oshib, bir tonnasi uchun 7,7 mln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. 29-noyabr, juma kungi savdo natijalari bilan taqqoslaganda, propan realizatsiyasi hajmi qariyb 200 tonnaga oshgan. O‘tgan hafta oxirida suyultirilgan gaz 3,4%ga — bir tonnasi uchun 7,42 mln so‘mga arzonlashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120423 | Инструменты