“Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va xususiy sektorning rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni (PF-35-son, 28.02.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-apreldan quyidagi xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat yo'nalishlari bo'yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi:
- “O'zbekekspertiza” AJ va uning hududiy bo'linmalarining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o'z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat berish bo'yicha;
- “O'zInjiniring” loyiha institutining investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha;
- “Milliy PR-markazi” DUKning O'zbekiston turizm salohiyatini targ'ib qilishga yo'naltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlarini, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy axborot vositalarining reklamalari, reportajlari va boshqa roliklarini tayyorlash va translyatsiya qilish bo'yicha;
- “Sag agro MTP” MCHJning yong'oq ishlab chiqaruvchilarga agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha mexanizatsiya xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha;
- “O'zbekiston standartlar instituti” davlat muassasasining milliy standartlarni shartnoma asosida boshqa tillarga tarjima qilish bo'yicha.
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKning turoperator, joylashtirish vositalari, tog' chang'isi trassalari va plyajlar xizmatlarini sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek, sertifikatlashtirilgan xizmatlarining standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazoratini o'tkazish vazifasi Turizm qo'mitasiga o'tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30405 | Инструменты