Huawei 1
Bo‘ka tumanida hokim yordamchisi 5 mln 200 ming so‘m pora olgan vaqtida ushlandi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi “Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan fuqaroga uy-joy sharoitini yaxshilash uchun mansabdor tanishlari orqali 120 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishida ko‘maklashish evaziga 5 mln 200 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta’kidlash lozimki, hokim yordamchisi muqaddam sudlangan bo‘lsa-da, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120503 | Инструменты