Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energetika sohasidagi obyektlar va loyihalarni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Xitoyning “China Datang Overseas” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Boʻka tumanida 263 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasining dastlabki 50 MVt quvvatini tarmoqqa ulash marosimida Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayev, “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi D. Isoqulov, korporatsiya rahbariyatining vakillari va nuroniylar ishtirok etishdi.
Boʻka mahallasida joylashgan quvvati 263 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasining loyiha qiymati 150 million dollarni tashkil etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121614 | Инструменты