Bolalarga stressni yengishda qanday yordam berish mumkin?
AOKAda o'tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Barno Abdusamatova savol yuzasidan muhim tavsiyalar berdi:
Bolalar stressga turli xil munosabatda bo'lishlari mumkin. Umumiy reaksiyalar: uyqusizlik, tunda siyib qo'yish, qorin og'rishi yoki bosh og'rig'i, shuningdek, tashvish, tundlashish, g'azablanish, yolg'iz qolishdan qo'rqish kabilarni o'z ichiga oladi.
Bolalarning holatini diqqat bilan kuzatib boring, qo'llab-quvvatlang va tasalli bering. Qiyin vaziyatda ularning reaksiyasi odatiy hol ekanini tushuntiring. Ularning ehtiyojlarini tinglang, tinchlantirish va xavfsizlikda ekanliklariga ishontirish uchun vaqt ajrating.
Tez-tez maqtang va rag'batlantirib turing. Bola o'yin o'ynashi va hordiq chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlarni yarating.
Kundalik tartib va uyqu rejimiga rioya qiling va bolangizga yangi muhitga moslashishiga yordam bering. Nima bo'lgani haqida yoshiga qarab ma'lumot bering, mikroblar qanday tarqalayotganini va nima uchun qo'l va yuz gigiyenasi muhim ekanini tushuntiring.
Nima bo'lishi mumkinligi xususida umidbaxsh tarzda gapirib bering. Masalan, agar bolangiz o'zini yomon his qilayotgan bo'lsa va uyda yoki shifoxonada bo'lsa, siz unga quyidagilarni aytishingiz mumkin:
«Sen uyda/shifoxonada bo'lishing kerak, chunki bu sen va do'stlaring uchun xavfsizroqdir. Bilaman, bu qiyin (ehtimol zerikarli yoki hatto qo'rqinchli bo'lishi mumkin), lekin biz o'zimizni va boshqalarni xavfsiz saqlash uchun qoidalarga amal qilishimiz kerak. Tez orada hammasi iziga tushib ketadi».
Alpha version: 0.9.1.19 build 122214 | Инструменты