Huawei 1
“Boqiy Buxoro” shahar chetiga ko'chirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boqiy Buxoro” loyihasi jamoatchilik e’tirozlaridan keyin shahar chetida bunyod etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro shahar hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.

Hokimlik xabarlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan. “Boqiy Buxoro” madaniy etnografik parkini barpo etish ishlari tizimli amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda loyihani amalga oshirish maqsadida hududdagi eskirgan va avariya holatidagi bino hamda inshootlarning asosiy qismi to‘liq demontaj qilinib, qurilish maydoni 90 foiz tayyor holatga keltirilgan.

Shuningdek, Buxoro viloyati hokimligining oldingi binosida ham demontaj ishlari aholiga va atrofdagi ob’ektlarga ta’sir etmagan holda, texnik xavfsizlik qoidalariga muvofiq davom ettirilib, qariyb 70 foiz ish bajarilgan.

Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, madaniy etnografik parkini barpo etish loyiha hujjatlari taniqli tarixchilar, olimlar, madaniy meros sohasi mutaxassislari va xorijiy loyiha tashkilotlari bilan hamkorlikda yakuniga yetkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты