Boysunda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda  Boysun Davlat o’rmon xo’jaligi hududida zarafshon archalari tag qismidan kesilayotgani bo’yicha e’lon qilingan xabar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi  tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganish jarayonida Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Kengdala o‘rmon bo‘limining “Shappa”, “Movirli”, “Qora buloq”, “Chorshanbi” va “O‘rikli” massivlarida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida jami 53 tup turli diametrdagi Zarafshon archalari noqonuniy ravishda kesilgani, 3 tup archaga esa o‘sishdan to‘xtaydigan darajada zarar yetkazilgani aniqlandi.

Mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan vakolat doirasida chora ko‘rilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktyabrdagi 290-sonli qaroriga (14-ilova) muvofiq, ushbu holat yuzasidan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori hisoblab chiqildi.

Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobaridan ortiqligi  sababli mazkur holat bo‘yicha to’plangan hujjatlar tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22106 | Инструменты