Huawei 1
Buxoro davlat universiteti musiqa fani o‘qituvchisi 30 mln so'm tovon puli to'laydigan bo'ldi

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasida vujudga kelib originallikni talab qiladi ya’ni muallif tomonidan yaratiladigan asar original bo‘lishi kerak, boshqa muallif asaridan ko‘chirma emas. Hozirgi paytda O'zbekistonda mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish (plagiat) holatlari sezilarli darajada kuzatilmoqda. Achinarlisi, yuqorida ta’kidlangan holat ilmiy maqomga ega bo‘lgan, oliy o‘quv yurtlarida dars beruvchi professor, dotsent va katta ilmiy xodimlar orasida sodir bo‘lmoqda. Plagiat bo‘yicha Adliya vazirligiga navbatdagi murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida vazirlik tomonidan Buxoro davlat universiteti musiqa fani o‘qituvchisi B. M. “Musiqa tarixi (Chet el musiqasi)” nomli oquv qo‘llanmasida fuqaro A. Trigulovaga tegishli bo‘lgan “Xorijiy musiqa adabiyoti” asaridan jami
155 sahifadagi matnlar ko‘chirib olinganligi hamda fuqarolik muomalasiga kiritilganligi aniqlandi.

Qonun buzilish holati yuzasidan vazirlik tomonidan fuqaro A. Trigulova manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga mualliflik huquqi buzilganligi uchun tovon puli undirish bo‘yicha da’vo arizasi bilan murojaat qilindi.

Sud qaroriga ko‘ra javobgar B. M. mualliflik huquqini buzish orqali chop etilgan “Musiqa tarixi (Chet el musiqasi)” nomli o‘quv qo‘llanmalarini o‘z hisobidan fuqarolik muomalasidan chiqarib tashlash majburiyati yuklatildi. Shuningdek, qarorda javobgardan da’vogar A. Trigulova foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari – 30 mln so‘m miqdorida tovon puli hamda 8 mln so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, qonunchilikda muallif asaridan ruxsatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon to‘lanishi belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31014 | Инструменты