Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorako‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan U.S. fuqaro A.F.ga xorijda ishlab chiqarilgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 10 turdagi jami 5 947 quti dori vositasini 114 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Pop tumani bo‘limi, IIB va YHXB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Malibu-2” rusumli avtomashinaci to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina haydovchisi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Sh.R.ning topshirig‘iga asosan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 6 600 dona “Ampisulbaktam” nomli dori vositasini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11115 | Инструменты