Tayvandagi savdo markazida gaz portlashi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda rasmiylarga tayanib, CNN xabar berdi.
Hodisa 13-fevral kuni Taychjun shahrida yuz bergan. Yong‘in xavfsizligi agentligi portlash savdo markazining 12-qavatida sodir bo‘lganini aytmoqda. Mazkur qavatda oziq-ovqat korti uchun qurilish ishlari olib borilayotgandi.
Portlash oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jarohat olgan. Bino va hududdan 235 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Videoda oyna panellari pastdagi trotuar va yo‘llarga tushgani, u yerda mashinalar tirbandlikda ekani, 12-qavatdan tutun ko‘tarilayotgani aks etgan.
Savdo markazi ichidan olingan boshqa kadrlarda portlash oqibatida devorlar shikastlangani, singan quvurlardan suv otilib chiqayotgani ko‘rsatilgan.
Tayvan prezidenti Lay Sindze bir qator davlat idoralari, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun safarbar etilganini aytdi. Prezident hodisa sabablarini imkon qadar tezroq tekshirishni talab qildi va aholiga voqea joyiga yaqinlashmaslik haqida murojaat qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21318 | Инструменты