Huawei 1
Birinchi Olimpiya kibersport o‘yinlari 2027-yilda o‘tkaziladi

Ilk Olimpiya kibersport o‘yinlari 2027-yilda Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda o‘tkaziladi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rasmiy saytida xabar berildi.

Olimpiya kibersport o‘yinlarini tashkil etish haqida qaror o‘tgan yil iyulida qabul qilingan edi. Tashkilotchilar — XOQ va Kibersport bo‘yicha jahon kubogi jamg‘armasi (EWCF).

"Saudiya Arabistoni butun dunyodan mehmonlarni kutib olishni va ko‘plab kibersportchilarning orzusi ro‘yobga chiqishini intiqlik bilan kutmoqda", — dedi shahzoda Abdulaziz bin Turkiy al-Faysal. Uning taʼkidlashicha, Saudiyada geyming ommalashib boryapti.

Saudiya Arabistoni XOQ bilan hamkorlikda 100 ga yaqin turnir o‘tkazgan, ular orasida kibersport ham bor. Mamlakat hukumati Saudiya Arabistonini 2030-yilda jahon o‘yinlar sanoati markaziga aylantirishni rejalashtirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21318 | Инструменты