Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktablarga "qurollanib" borayotgan bolalar” sarlavhali xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bunga izoh berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish,ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoyalash, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, har haftaning payshanba kunlari umumta’lim muassasalarida “Profilaktika kuni” etib belgilangan bo‘lib, shu kuni hamkor tashkilotlar bilan maktablarda “Tig‘” va “Davomat” tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, maktab o‘quvchilari davomati tizimli ravishda nazoratga olingan bo‘lib, muntazam darsga kelmaydigan o‘quvchilarni darsga qaytarish bo‘yicha maktab, oila, mahalla va huquq tartibot idoralari hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
Xabarda keltirilgan o‘quvchilar bilan bog‘liq holatlar joriy yilning 15-fevralidan 15-mart kuniga qadar olib borilgan tadbirlar davomida aniqlangan bo‘lib, holatlarning har biri ota-onalar ishtirokida muhokama qilinib, ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilgan. Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganligi uchun ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi vasiylarga nisbatan MJTK 47-moddasi qo‘llanilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31819 | Инструменты