Huawei 1
Buxoroda uyida sher saqlangan shaxs aniqlandi

Buxoro viloyati Romitan tumanining Qoqishtuvon mahallasida yashovchi fuqaro o‘z xonadonida yovvoyi sher bolasini noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlandi.

Mazkur holat Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi, tuman ichki ishlar bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘rganildi. Tekshiruv natijasida fuqaro tegishli ruxsatnomasiz yovvoyi hayvonni asrab kelayotgani tasdiqlandi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 92-prim 1-moddasi 1-qismi asosida huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sud organlariga yuborildi. 

Sher bolasi esa vaqtinchalik hayvonot bog‘iga joylashtirildi. Sud qarori e’lon qilinganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21117 | Инструменты