Huawei 1
Buxoroda YPX xodimiga pora bergan fuqaroga qarshi ish ochildi

Yo‘l patrul xizmati xodimiga 100 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlum qildi

Taʼkidlanishicha, Qorako‘l tumanida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati xodimi qoidabuzarlik sodir etgan avtomashina haydovchisiga “to‘xtash” ishorasini bergan. Asli Olot tumanilik bo‘lgan 36 yoshli haydovchi Ch.P.ning sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Turli bahonalarni ro‘kach qilishiga qaramasdan, uning avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan. O‘z qoidabuzarligining oqibatlarini to‘liq anglab yetmagan haydovchi qonuniy vazifasini bajargan yo‘l patrul xizmati xodimiga 100 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan.

U huquqbuzarlik bilan bayonnoma rasmiylashtirish va avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga pora bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20512 | Инструменты