Buxorodagi Ark qo‘rg‘oni devoriga chirmashib chiqishga uringan shaxs jarimaga tortildi

Buxorodagi Ark qo‘rg‘oni devoriga chirmashib chiqishga uringan shaxs jarimaga tortildi. Ta’kidlanishicha, A. A. ismli shaxs Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan ushbu - ark qo‘rg‘oniga xurmatsizlik munosabatida bo‘lgan. Xorijlik va mahalliy sayyohlar ko‘z oldida mazkur ko‘rg‘on devorlariga tirmashib chiqmoqchi bo‘lgan.

Shaxsning xatti-harakatlari qo‘rg‘onning turli burchaklarida o‘rnatilgan videokameralarni nazorat qilib turgan mas’ullarning e’tiborini o‘ziga qaratgan. Zudlik bilan A.A.ning xatti-harakatlariga chek qo‘yilgan. Shaxs MJTK 64-1-moddasi 1-qismi bilan aybli, deb topilib BHM 5 baravari miqdorida, bir million yetti yuz ming so‘m miqdoridagi jarimaga tortilgan.

"Bundan 10-15 yillar avval Gulnora Karimova qo‘shig‘iga ishlangan klipda erkak kishi Buxoro shahridagi madrasalar, tarixiy obidalar, jumladan Minorai Kalon va ARK devorlari va tomlarida yugurib yurgan edi", deyiladi xabarda.

"Ark" qo‘rg‘oni YuNESKOning Umumjaxon merosi hududi va uning chegaralarida (chegara qismi) kiritilgan tarixiy markaz hisoblanadi. Mazkur qo‘rg‘on moddiy madaniy meros obyekti sanalib, uning tarixi uzoq ming yilliklarga borib taqaladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70413 | Инструменты