Buxoro viloyatidagi magistral gaz quvurida 10-fеvral kuni gaz sizib chiqib, yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat FVB matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 10-fevral kuni soat 11:26 da, “Gazli” magistral gaz quvurlari boshqarmasining diametri 1020 mm bo‘lgan 26 kg bosim ostidagi “Buxoro-Ural” MGQning yer ostidan o‘tgan 106 kilometrida (eng yaqin aholi maskani Romitan tumani “Qizilrabot” MFYdan 40 kilometr uzoqlikda) avariya sodir bo‘lgan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 11:30 da murvatlar yopilib, qoldiq gazlarning chiqib ketishi kuzatilgan. Hozirda avariya to‘liq bartaraf etildi.
Voqea joyiga viloyat FVB, Romitan tumani FVB boshlig‘i 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21103 | Инструменты