Huawei 1
Buxorodan Toshkentga qaytgan "Afrosiyob" poyezdi Chinozda to'xtab qoldi. Oqibatda uch yuzga yaqin yo'lovchi sarson bo'lgan

Kuni kecha soat 21:57 da Telegramdagi kanallardan birida Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan "Afrosiyob" tezyurar poyezdi Chinoz tumani hududida 2 soat to‘xtab qolgani haqida post joylashtirildi. Unda O‘zbekiston temir yo‘llari va Transport vazirligining ishonch telefonlari ishlamayotgani yozilgan.

Holatga "O‘zbekiston temir yo‘llari" izoh berdi. Ma'lum qilinishicha, tashkilot 1-yanvar kuni soat 20:18 da Telegramdagi rasmiy kanalida shu kungi 769-sonli “Buxoro— Toshkent”  yo’nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdi texnik sabablarga ko’ra “Toshkent-Markaziy”vokzaliga o‘z  vaqtidan kechikib kelishi kutilayotganini ma'lum qilgan

Qayd etilishicha, poyezd elektr kuchlanishli sim tarmog‘idagi nosozlik sababli “Yangi Chinoz – Chinoz” peregon oralig‘ida to‘xtab qolgan.

Shu sababli soat 20:35 da Toshkent-Shimoliy vokzalidan zahira “Afrosiob” elektrpoyezdi Chinoz bekatiga 21:05 yetib borgan. So'ng 269 nafar yo‘lovchi poyezdga o‘tkazilgan va Toshkent-Markaziy vokzaliga 22:05 da yetib kelgan.

Yozilishicha, yo‘lovchilarga yo‘l davomida qo‘shimcha issiq choy-kofe va oziq-ovqat bepul tarqatilgan. Ularning barchasiga chipta puli to‘liq qaytarib berilishi aytilmoqda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101720 | Инструменты