Huawei 1
"Buyuk ipak yo‘li" metro bekatida katta tirbandlik yuzaga keldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buyuk ipak yo‘li metro bekatida katta tirbandlik yuzaga kelmoqda” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, "Buyuk ipak yo‘li" bekati aylanma yo‘li orqali yo‘nalishga chiqishi lozim bo‘lgan 5-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Belgilangan yo‘riqnomaga asosan, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tekshiruv yo‘lagiga olindi va keyingi harakat tarkibi orqali yo‘lovchilar manzillari tomon olib ketildi. Buning natijasida, yo‘nalishdagi vaqt intervali 6 daqiqagacha uzaydi.

Hozirgi vaqtda bekatdagi tirbandlik bartaraf etilgan va yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21101 | Инструменты