Huawei 1
Chaqaloqlarning eshitish qobiliyatini skrining qilish 50 foizdan 95 foizga yetkaziladi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyatini skrining qilish 50 foizdan 95 foizga yetkaziladi. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Abdumannop Abduqayumov xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu maqsadda har bir tug‘ruqxona masʼul hamshiralari ish joylarida audioskrining amaliyotiga o‘qitiladi va audiskrining natijalarini markazga avtomatik yuborish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Ixtisoslashtirilgan pediatriya xizmatini tuman darajasiga tushirish uchun har bir viloyatda 2 tadan namunali tuman (shahar) shakllantiriladi.

Markazda tashkil etilgan Milliy referens laboratoriyasi GLP — Good Laboratory Practic hamda GCP — Good Clinic Practic xalqaro standart sertifikatiga ega bo‘ldi. 

Keyingi bosqichda esa viloyatlararo laboratoriyalar ham ushbu jarayonda qatnashib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ladi.

Chet eldan 18 nafar yetakchi mutaxassisni bu yerga jalb etishni reja qilganmiz. Shunga mos holda 250 nafar mutaxassis ish joyining o‘zida, 150 nafari esa xorijda amaliy ko‘nikma va kasbiy mahoratini oshiradi.

Sohaga oid ilm-fanni rivojlantirish maqsadida bugungi dolzarb muammolardan biri bo‘lgan jigar kasalliklarini erta aniqlash, tashxislash, davolash va bashorat etishga yo‘naltirilgan tadqiqot amalga oshiriladi.  Shu orqali yangi amaliy va innovatsion loyihalar ishlab chiqiladi.

Tibbiyot muassasalarida 0-18 yoshdagi bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat turlari sifatini yana-da yaxshilash maqsadida Germaniya Taraqqiyot banki(KfW)ning “Bolalarga tibbiy xizmatni rivojlantirish bo‘yicha dasturi”ni amalga oshirish niyatimiz ham bor. Eʼtiborlisi, hozirga qadar bu moliya muassasasi bilan 27 mln. yevrolik dastlabki kelishuvga erishilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12904 | Инструменты