Chiqindilardan qurilgan zamonaviy shoxobchada aholiga chiqindi uchun pul to‘lanmoqda

Toshkent viloyatining Angren shahrida “Zero Waste” davlat xususiy sheriklik bitimi asosidagi sanitar tozalash korxonasiga qarashli hudud aholisiga xizmat koʻrsatuvchi zamonaviy chiqindi yigʻish shoxobchasi faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Shoxobchada chiqindilarni saralab joylash uchun alohida konteynerlar qo‘yilgan. Shuningdek, qayta ishlanadigan chiqindilar uchun oq paket, qayta ishlanmaydigan chiqindilar uchun qora paket, oziq-ovqat chiqindilari uchun jigarrang paket ajratilgan. 

Qolaversa, mazkur shoxobchada respublikamizda ilk bor qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish tajribasi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, aholiga oq paket uchun 1500 so‘m, jigar rang paket uchun 500 so‘m pul to‘lanadi. Shuningdek, bu yerda kichik savdo shoxobchasi ochilgan bo‘lib, aholi chiqindi uchun to‘langan pulga o‘ziga kerakli narsalarni sotib olishi mumkin.  

E'tiborli tomoni, chiqindi shoxobchasi qurilishida, asosan, chiqindiga aylangan yuk tashishga moʻljallangan konteynerlar, shisha idishlar kabi foydalanishdan chiqarilgan xomashyolar ishlatilgan. Elektr bilan taʼminlash uchun quyosh panellari oʻrnatilgan. Shoxobchada ishchi-xizmatchi yashashi va ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70103 | Инструменты