Huawei 1
Davergeodezkadastrning ayrim funksiyalari Qishloq xo'jaligi vazirligiga o'tkazildi

“Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” Prezident Farmoni (PF-6061-son, 07.09.2020 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining quyidagi vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Qishloq xo'jaligi vazirligiga o'tkazildi:

- qishloq xo'jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish;
- qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirish;
- qishloq xo'jaligi yerlarini muhofaza qilish bo'yicha davlat nazoratini amalga oshirish;
- tuproq bonitirovkasini o'tkazish;
- qishloq xo'jaligi yerlarining me'yoriy qiymatini aniqlash;
- tuproq unumdorligini oshirish;
- tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish.

 Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi negizida Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etildi va uning vazifalari belgilandi.

Jumladan, Agentlik ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazadi, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi.

 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning vujudga kelishi, o'zgarishi, boshqa shaxsga o'tishi, cheklanishi va bekor bo'lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar O'zbekiston Milliy geografik axborot tizimida davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin kuchga kiradi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha ma'lumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritiladi.

Onlayn geoportal Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi.

 Yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31819 | Инструменты