Huawei 1
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi monitoring qilinadi

Hukumat qarori (910-son, 30.12.2024 y.) bilan “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • masofadan monitoring qilish asoslari;
  • masofadan monitoring qilish tartibi va muddatlari;
  • masofadan monitoring qilish natijalarini rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish;
  • masofadan monitoring qilish yakuni bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan taʼsir choralarini qo‘llash.

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan masofadan monitoring qilinadi.

Masofadan monitoring qilish rejali va rejadan tashqari asoslarda o‘tkaziladi.

Agentlik davlat organlari va tashkilotlarini masofadan monitoring qilish boshlanganligi yoki o‘tkazilayotganligi haqida oldindan ogohlantirmaydi (xabardor qilmaydi).

Masofadan monitoring qilish yakuni (natijasi) bo‘yicha qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlangan holatlar yuzasidan maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.

Maʼlumotnomada qayd etilgan qonunchilik hujjatlarining buzilishi Agentlikning huquqiy taʼsir hujjati shaklida monitoring qilingan davlat organi va tashkilotiga yuboriladi.

Huquqiy taʼsir hujjati davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan sanadan eʼtiboran 10 kun muddatda ko‘rib chiqilishi va natijasi bo‘yicha Agentlikka yozma axborot berilishi shart.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10616 | Инструменты