Huawei 1
Davlat xaridlari elektron tizimi qo‘shimcha ballarni avtomat tarzda hisoblaydi

2025-yil 11-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatishi va davlat xaridlari jarayonida ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 159-sonli qarori qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq:

 I. Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni o‘zlashtirish maqsadida korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish mexanizmlari joriy etiladi.

Kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

 -  korporativ buyurtmachi import qilinishi rejalashtirilgan mahsulotlar orasidan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish orqali o‘zlashtiriladigan mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlaydi va maxsus axborot portalida e’lon qiladi;

-   mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining takliflari tegishli mezonlarga muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqiladi va avtomat tarzda baholanadi;

-   baholash natijalariga ko‘ra, korporativ buyurtmachi va tadbirkorlik subyekti o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha bitim tuziladi;

-   bitim doirasida o‘zlashtirilgan mahsulotni xarid qilish bo‘yicha tadbirkorlik subyekti bilan 5-yil (farmatsevtika mahsulotlari bo‘yicha 10-yil) muddatga kafolatli xarid qilish (offteyk) shartnomasi tuziladi;

-   budjet buyurtmachilari uchun ham kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish imkoniyati yaratiladi.

 II. Ishlab chiqaruvchilar eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida qo‘shimcha ball berish orqali rag‘batlantiriladi, bunda:

-   qo‘shimcha ballar ishlab chiqaruvchi tomonidan savdolarda to‘plangan ballarning 15 foiz miqdorida ishlab chiqargan mahsulotining mahalliylashtirish darajasiga mutanosib ravishda hisoblanadi;

-   davlat xaridlari elektron tizimi qo‘shimcha ballarni avtomat tarzda hisoblaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31820 | Инструменты