Hukumat qarori (159-son, 11.03.2024 y.) bilan “Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini o'rnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi” nizom tasdiqlandi.
Nizom korporativ buyurtmachilar bilan tadbirkorlik subyektlari o'rtasida ixtiyoriylik asosida kooperatsiya aloqalarini o'rnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
- korporativ buyurtmachilar tomonidan import qilinish rejalashtirilgan mahsulotlar ro'yxatini shakllantirish va e'lon qilish;
- kooperatsiya aloqalarini o'rnatish uchun tadbirkorlar takliflarini qabul qilish tartibi va ularni baholash mezonlarini belgilash;
- tadbirkorlar bilan kooperatsiya aloqalarini o'rnatish bo'yicha bitim tuzish;
- kooperatsiya aloqalarini o'rnatgan tadbirkorlar mahsulotlarini davlat buyurtmachilariga sotish imkoniyatlarini yaratish.
Kooperatsiya aloqalarini o'rnatish uchun korporativ buyurtmachining boshqaruv organlari qaroriga muvofiq boshqaruv xodimlari orasidan kamida besh nafar a'zodan iborat tarkibda komissiya tuziladi.
“Kichik biznesga ko'maklashish markazi” MCHJ kichik tadbirkorlik subyektlariga kooperatsiya aloqalarini o'rnatish bo'yicha biznes loyihalarini ishlab chiqishga ko'maklashadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31819 | Инструменты