Huawei 1
Dubay—Toshkent aviareysida uchib kelgan ayolda biologik oʻlim holati qayd etildi

Avvalroq, Toshkent aeroportida ayol kishi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etilgani haqida xabar bergan edik.

Olingan so‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashagan 1986-yilda tug‘ilgan ayol Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelib, sog‘ligi yomonlashganligi sababli, Chilonzor tumanida joylashgan RSHTYOIMga olib kelingan.

Tibbiy reanimatsion muolajalarga qaramasdan, ayolda biologik o‘lim holati qayd etilgan. Marhumaning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100819 | Инструменты