Huawei 1
DXX: Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan jami 47,2 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yashovchi, 1971, 1974, 1985-yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro Tojikiston Respublikasidan 10 kg. 50 gr. “opiy” va 10 kg. 29 gr. “gashish” moddalarini kontranbanda yo‘li bilan olib o‘tgan vaqtlarida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olindi.

DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, narkokuryerlar tomonidan Afg‘onistondan olib kelinib, Muzrabot tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kg. 953 gr. “opiy” va 4 kg. 116 gr. “gashish” moddalarini qabul qilib olgan vaqtida Termiz shahrida yashovchi, 1981 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu narkotik moddalarni Termiz shahrida qabul qilib olgan vaqtida 1976 y.t. Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi ushlandi.

Termiz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam narkokuryerlar tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan 922 gr. “opiy” va 4 kg. 203 gr. “gashish” moddalarini olib, doimiy yashash manziliga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi, 1977 y.t. fuqaro ushlandi.

Mazkur shaxs ushbu ajal og‘usining har bir kilogrammini afg‘onistonlik narkosavdogarlardan 2300 AQSH dollaridan sotib olgan.

Sariosiyo tumanida qayd etilgan holatda, Denov tumanida yashovchi, 1968 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida 4 kg. 80 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Maʼlum bo‘lishicha, ushbu giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan.

Bu yo‘nalishda DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham tezkor tadbirlar o‘tkazishdi.Xususan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1979 yilda tug'ilgan shaxs boshqaruvidagi “Jentra” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, uning salon qismida 975 gr. “opiy” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan ham 789 gr. “opiy” hamda 5 kg. 239 gr. “gashish” moddalari olindi.

Aniqlanishicha, mazkur fuqaro tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilgan ushbu zahri qotilni Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgan.

Boshqa holatda esa muqaddam qirg‘izistonlik narkokuryerlar tomonidan Quvasoy shahri hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 4 kg. 922 gr. “gashish” moddasini olib, doimiy yashash manziliga ketayotgan vaqtida Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, 1998 yilda tug'ilgan fuqaro ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101113 | Инструменты