Huawei 1
Elchixona AQShga noqonuniy kirgan o‘zbekistonliklar deportatsiyasi davom etishini ma'lum qildi

Avvalroq, AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarilgani haqida xabar bergan edik

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi mamlakatda noqonuniy bo‘lgan fuqarolarning deportatsiya qilinishi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

“Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonga navbatdagi repatriatsiya reysini amalga oshirib, AQShda qolishga qonuniy ruxsati bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolarining yirik miqdordagi qismini qaytardi”, - deyiladi xabarda.

Yakshanba kuni fuqarolar AQShning “Omni Air International” charter aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan reysi orqali Dallasdan Toshkentga yetkazildi. Bu parvoz O‘zbekiston fuqarolarining AQSh-Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishiga qarshi AQSh hukumati tomonidan amalga oshirilgan ishlarning so‘nggisi hisoblanadi.

Shu bilan birga, AQSh elchixonasi Qo‘shma Shtatlar mamlakatda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan o‘zbekistonliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik davom ettirilayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 20-dekabrida ham AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90808 | Инструменты