Huawei 1
Elektr energiyasi importi va eksporti litsenziya asosida amalga oshiriladi

Endilikda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, saqlash, elektr energiyasi bilan taʼminlash, markaziy xaridorning funksiyalarini bajarish, elektr energiyasi savdosi, importi va eksporti litsenziya asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, energetika bozori ishtirokchilarining maqomi, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonun bilan mustahkamlanmoqda.  

Ushbu tartiblarni o‘z ichiga olgan “Elektr energetika to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, elektr energiyasi bozorini tashkil etishga oid qoidalar, elektr energetikasi sohasida tariflarni shaffof tamoyillar asosida shakllantirish tartiblari nazarda tutilmoqda.

Fraksiya aʼzolari qayd etganidek, kiritilayotgan yangi normalar sanoatni rivojlantirish, iqtisodiy o‘sishni taʼminlash, ishonchli, xavfsiz hamda barqaror elektr taʼminoti tizimini yaratishga xizmat qiladi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты