“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida “Leaders Group Team” MChJga qarashli Buxoro shahri M.Iqbol ko‘chasi hududida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosida qurilish ishlarini bajarish uchun jamiyatga qarashli ko‘chma konteyner va armatura qurilish materiallarini Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasiga qarashli 275-raqamli transformator punktining muhofaza zonasiga tushirilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 102-moddasi 2-qismi talablari buzilganligi yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha “Leaders Group Team” MChJga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31819 | Инструменты