Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 112,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 69,7 ming nafarga yoki 2,6 barobarga oshgan.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Turkmaniston — 72 354 nafar
Tojikiston — 31 554 nafar
Afg‘oniston — 2 372 nafar
Turkiya — 1 030 nafar
Xitoy — 982 nafar
Hindiston — 810 nafar
Qirg‘iz Respublikasi — 651 nafar
Janubiy Koreya — 557 nafar
AQSH — 344 nafar
Rossiya — 334 nafar
Boshqa davlatlar — 1 824 nafar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110818 | Инструменты