O'zbekistonga tovar-moddiy boyliklarini belgilangan meʼyordan ortiqcha olib kirilishiga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Xususan, “Istanbul-Farg‘ona” aviareys orqali Farg‘ona shahriga uchib kelgan fuqaro Z. T. ning holati shubha ostiga olinib, bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi bilan deklaratsiyalanmagan, tanasiga yashirilgan hamda qo‘l sumkasida bo‘lgan jami 483 million 795 ming so‘mlik 105 dona 620,25 gramm ayollar tilla taqinchoqlari borligi aniqlandi.
Yana bir yo‘lovchi M. T ham ko‘rikdan o‘tkazilganda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 4 dona 31.9 gramm ayollar tilla taqinchoqlari borligi aniqlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31820 | Инструменты