Huawei 1
Futbol munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Chilonzor tumanining ayrim ko‘chalarida soat 17:00 dan soat 23:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Bunga O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘tkazilishi sabab bo‘ladi. Ushbu ko‘chalar:

  • Chilonzor va Cho‘ponota koʼchalari chorrahasidan, Choʼponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota Qatortol koʼchalari kesishgan chorrahasigacha boʼlgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan - Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42600 | Инструменты