Huawei 1
"G‘ishtko‘prik" chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi

"G‘ishtko‘prik" chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi. Bu haqda Bojxona qo'mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur cheklov postdagi ulkan qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.

"G‘ishtko‘prik" chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 2025-yilning 5-fevral kunidan "Navoiy" chegara bojxona postiga yo‘naltiriladi.

Yangidan zamonaviy tarzda bunyod etilgan "Navoiy" chegara bojxona posti ham Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo‘lib, "G‘ishtko‘prik" postiga yaqin hudud hisoblanadi.

"Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida "Navoiy" chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi", deyiladi xabarda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20215 | Инструменты