Huawei 1
Germaniyaga hamshiralar tayyorlaydigan markazlar ko‘paymoqda

Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Azimjon Husanov Germaniyaning “KlettEDU” GmbH rekruting kompaniyasi vakili Ferdinand Ayen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda, Abu Ali ibn Sino tibbiyot texnikumlari negizida nemis tili kurslarini tashkil qilish, o‘qituvchilarni nemis tibbiy-taʼlim dasturlari asosida malakasini oshirish hamda o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan hamshiralarni Germaniya klinikalariga ishga joylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Olmaliq shahrida ushbu kompaniyaning o‘quv markazlari tashkil qilingan bo‘lib, 250 ga yaqin hamshira tahsil olmoqda.

Uchrashuvda “KlettEDU” GmbH kompaniyasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l, Andijon viloyatining Paxtaobod tumanlarida ham shunday markazlarni tashkil qilish, tinglovchilarga qulay sharoitlarni yaratishga doir anglashuv Memorandumi imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31819 | Инструменты