9 oyda 22,6 mlrd so‘mlik ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari xarid qilindi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda “Dori-darmon” AK boshqarma boshlig‘i Xurshida Eshbekova maʼlum qildi.
2024 yilning 9 oyi davomida 14 toifadagi shaxsga “Dori-darmon” AK va uning tizimidagi jamiyatlarga qarashli dorixonalar orqali 292 750 ta retsept orqali 22 mlrd 136 mln so‘mlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi.
Joriy yilning shu davriga qadar 1 mln 100 ming dozadan oshiq grippga qarshi vaksinalar olib kelingan bo‘lib, bu vaksinalar O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga, tibbiyot markazlariga, qurollik kuchlar, ichki ishlar vazirligi, xususiy tashkilotlarga, vaksinatsiya markazlariga yetkazib berildi.
Bugungi kunda kompaniyaga qarashli 52 ta, shundan Sirdaryo viloyatidagi 42 ta va Toshkent shahridagi 10 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya dasturiga ulangan.
2024 yilning 10 oyi davomida kompaniyaning reimbursatsiya dasturiga ulangan dorixonalari orqali 3,6 mlrd. so‘mlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120221 | Инструменты