Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro B.M tomonidan Xalqaro qizil kitobga kiritilgan mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan Yo‘lbars pitonini saqlab kelib taʼlim maskanlarida tomoshalar quyib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat tuman IIB tomonidan aniqlangan va Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga xabar berilgan.
Boshqarma xodimlari holat yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazishi jarayonida mazkur Yo‘lbars pitoni uzunligi 2.78 metr eni 28 sm ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Aslida mazkur pitonlarning tana uzunligi jinsga (urg‘ochilar odatda erkaklarnikidan kattaroq) va turmush tarziga qarab 1,5 dan 4 metrgacha yoki undan ko‘p o‘zgarishi mumkin. Ushbu tur uchun qayd etilgan eng katta uzunlik 4,6 M, vazni esa 52 kg. rangi o‘zgaruvchan. Tanada har xil shakldagi katta to‘q jigarrang dog‘lar och sarg‘ish-jigarrang yoki sarg‘ish-zaytun fonida tarqalib, murakkab naqsh hosil qiladi. Burun teshigidan boshlab bo‘ynidagi dog‘larga aylanadigan qorong‘i chiziq ko‘zdan o‘tadi. Boshqa chiziq ko‘zdan pastga tushadi va yuqori lab qalqonlari bo‘ylab ishlaydi. Boshning tepasida qorong‘i o‘q shaklidagi nuqta bor. Mazkur ilonlar tutqunlikda 25 yilgacha umri ko‘rishadi.
Hozirda Yo‘lbars pitoni Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi himoyasiga olinib, Zarafshon milliy tabiat bog‘i reabilitatsiya markazida bog‘ mutaxassislari tomonidan maxsus ko‘rikdan o‘tkazilmoqda va vaqtincha saqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120220 | Инструменты