Huawei 1
UnionPay O‘zbekistonda onlayn to‘lov tizimlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda

“UnionPay” O‘zbekistonda onlayn to‘lov tizimlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

2-dekabr kuni regulyator binosida “UnionPay” xalqaro to‘lov tizimi vitse-prezidenti Liu Xeng boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda kompaniyaning mamlakatda olib borayotgan faoliyati, natijalar va kelasi rejalari muhokama qilindi.

Kompaniya vakillari mamlakatdagi faoliyatini kengaytirish va bozorga yangi innovatsion xizmat turlarini joriy etish, jumladan, onlayn to‘lov tizimlarini rivojlantirish, QR-kodli to‘lovlarni kengaytirish va mahalliy banklar bilan integratsiyani mustahkamlash borasida ma’lumot berdilar.

Shu bilan birga, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar kengayib borayotgani va mamlakatlarning turistik salohiyatini inobatga olgan holda milliy to‘lov tizimlari bilan hamkorlikni kengaytirish orqali iste’molchilarga qulay sharoit yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120221 | Инструменты