Huawei 1
Qashqadaryoda 91 dona salyutning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Kitob tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs o‘z xonadonida 91 dona salyutlarni qonunga xilof tarzda saqlayotganligi fosh bo‘ldi.

Xorijda ishlab chiqarilgan va muqaddam noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan mazkur salyutlarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 22 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120221 | Инструменты