Huawei 1
Hafta davomida O'zbekiston hududlari bo'ylab yomg'ir, qor yog'adi

Bugun O‘zbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, respublika bo‘yicha asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda esa ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati oldingi kunga nisbatan pasayadi va 2-7o iliqdan yuqori bo‘lmaydi, respublika shimolida 3-5o sovuq bo‘ladi.

Ertaga respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik jadalligi va ehtimoli kamayadi. Ko‘pchilik viloyatlarda ba’zi joylarda qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik, sharqiy hududlarda esa (Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida) asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Faqat respublikaning janubida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5o sovuqni, kunduzi 2-7o iliqni, shimolda kechasi 8-13o sovuqni, kunduzi 0-5o sovuqni tashkil etadi.

31-yanvar-1-fevralda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 0-5o sovuq, kunduz kunlari 0-5o iliq, shimolda kechalari 10-15o sovuq, kunduz kunlari 3o sovuq-2o iliq atrofida bo‘ladi.

Ushbu ish haftasi davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman hodisalari kuzatiladi. 

29-yanvardan 31-yanvargacha Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda: bugun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 5-7o iliqni tashkil etadi.

Seshanba va chorshanba kunlari biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 30 yanvarda kechasi 1-3o iliq, kunduzi 4-6o iliq, 31 yanvarda kechasi 0-2o sovuq, kunduzi 3-5o iliq bo‘ladi.

1-fevralda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 1-3° sovuqni, kunduzi 3-5° iliqni tashkil etadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110607 | Инструменты