Huawei 1
Harbiy harakatlar sharoitida Ukrainadagi barcha O‘zbekiston  korxonalari o‘z faoliyatini to‘xtatdi

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati harbiy harakatlar sharoitida Ukrainadagi barcha O‘zbekiston  korxonalari o‘z faoliyatini to‘xtatganini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida Ukraina kapitali ishtirokidagi 173 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 96 tasi qo‘shma korxona, 77 tasi xorijiy korxonalardir. 2021 yilda 38 ta yangi korxona tashkil etildi.

2022 yil uchun tasdiqlangan maqsadli investitsiya dasturi doirasida Ukraina kompaniyalari ishtirokida umumuiy qiymati 16,5 million AQSH dollaridan iborat 4 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

"Mavjud vaziyat tufayli yuqoridagi va boshqa ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish qiyinlashadi", deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42919 | Инструменты