Huawei 1
Hududlarda ichki turizm yarmarkalari o‘tkaziladi

Bahor faslining mart oyi mamlakatimizda turizm mavsumining boshlanish oyi ekanligi munosabati bilan mart-aprel oylari davomida Respublika hududlarida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkalari o‘tkaziladi.

Ushbu yarmarkalar ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yuritadigan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, turoperatorlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi turistik mahsulotlarni namoyish etish va tanitish, turizm mahsulotlarini sotib oluvchi xaridorlarni keng jalb etish maqsadida tashkil etilmoqda.

Mazkur yarmarkalarda 1,0 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlari hamda 10,0 mingdan ziyod ishtirokchilar tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Yarmarkalar doirasida yangi tashkil etilgan turistik maskanlarga info turlar uyushtirish, B2B va B2C uchrashuvlar, muzokaralar va kelishuvlar, yangi turizm mahsulotlari taqdimotlari va sohaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilishi belgilangan.

Ichki turizm yarmarkalarining hududlar kesimida o‘tkazilish vaqtlari:

5-mart – Buxoro viloyati;

15-mart – Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

16-mart – Surxondaryo viloyati;

23-mart – Sirdaryo viloyati;

25-mart – Toshkent shahri;

25-mart – Qashqadaryo viloyati;

25-mart – Namangan viloyati;

26-mart – Toshkent viloyati;

27-mart – Navoiy viloyati;

28-mart – Xorazm viloyati;

28-mart – Samarqand viloyati;

9-aprel – Jizzax viloyati;

Aprel – Farg‘ona viloyati;

17-aprel – Andijon viloyati.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30617 | Инструменты