Huawei 1
Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi

O‘tgan ikki oyda xorijda qarovsiz qolgan 34 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda  Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oktyabr oyining dastlabki kunlarida Ichki ishlar, Tashqi ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan hamkorlikda xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yana 4 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularning 3 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan olib kelindi.

Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni joylashtirish va ularni oilalariga yoki yaqin qarindoshlariga qaytarish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi. Xususan, 2 nafari ota-onasiga, 1 nafari xolasining vasiyligiga topshirish bo‘yicha rasmiylashtirildi. Bir nafar bola bo‘yicha vaziyat baholanmoqda va onasi Rossiyadan qaytgunigacha vaqtinchalik vasiylikni rasmiylashtirish uchun yaqin qarindoshlari aniqlanmoqda.

Ma’lumot uchun, avgust-sentabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi. O‘tgan davr mobaynida jami 89 nafar O‘zbekistonning voyaga yetmagan fuqarolari qaytarildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning o‘zlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты