Huawei 1
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 12 mln so'm pul mukofoti beriladi

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasini abadiylashtirish, faxriylarni eʼzozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 76 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida:

-  Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 000 000 (oʻn ikki million) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilanadi. 

-  Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklatilmoqda. 

Bu haqda Prezident farmoni qabul qilindi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30409 | Инструменты