Huawei 1
Ilon Mask «Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi»ni yopishga chaqirdi

Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari milliarder Ilon Mask "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" va "Amerika ovozi" media-korporatsiyalarini yopishga chaqirdi. Mask tegishli xabarni 9 fevral, yakshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.

«Bular amerikalik soliq to‘lovchilarning yiliga 1 milliard dollar pulini behuda sarflab, o‘zi bilan o‘zi gaplashib o‘tiradigan radikal so‘l telbalar», dedi Mask. «Ha, ularni yopish kerak. Ularni hech kim eshitmayapti», deb qo‘shimcha qildi u.

Mask AQSh Kongressida tasdiqlash jarayonidan o‘tmadi

AP agentligi ta’kidlaganidek, 20 yanvar kuni prezident inauguratsiyasidan so‘ng uch hafta davomida Oq uy rahbari Donald Tramp tomonidan yaratilgan DOGE tuzilmasini boshqarayotgan Mask AQSh federal agentliklari ishiga aralasha boshladi – o‘zi esa o‘z faoliyatini jamoatchilik nazoratidan chetda ushlab turibdi. U jurnalistlarning savollariga javob bermayapti va AQSh Kongressidagi birorta ham eshituvda qatnashmagan. U DOGE'dagi lavozimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri Tramp tomonidan tayinlangan va AQSh qonun chiqaruvchilari tomonidan tasdiqlash jarayonidan o‘tmagan.

DOGE - AQSh hukumati departamenti emas

DOGE hukumat departamenti emas va Mask yangi ma’muriyatning a’zosi sanalmaydi, deya aniqlik kiritdi The Guardian.

Shu bilan birga, uning G‘arbiy qanotda ofisi, shuningdek, Oq uy majmuasining bir qismi bo‘lgan Eyzenxauer ma’muriy idorasi binosida ofisi mavjud.

Shu bilan birga, milliarderning ko‘rsatmasi bo‘yicha 19 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan dasturchilar va muhandislarga federal agentliklarning nozik ma’lumotlari ustidan nazorat berilyapti hamda ular ommaviy ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilishyapti.

Xabarlarga ko‘ra, Tramp inauguratsiyasidan bir necha kun o‘tib, Mask AQShning barcha 2 million federal xodimlariga elektron pochta orqali ularni kutilayotgan ishdan bo‘shatishlar oldidan ishdan ketishga chaqirgan. Aftidan, Ilon Mask xodimlarga yetti oylik maoshini bonus sifatida taklif qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21104 | Инструменты