Joriy yilning 8-fevral kuni soat 15:30 larda Yangihayot tumani, Yangi Sergeli ko’chasi Index bozor hududida;
2002-yilda tug’ilgan B.X. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli transport vositasi,
1984-yilda tug’ilgan S.M. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli transport vositasi,
1998-yilda tug’ilgan B.Q. boshqaruvidagi «BYD»rusumli transport vositasi,
2001-yilda tug’ilgan A.E. boshqaruvidagi «Spark»rusumli transport vositasi,
1998-yilda tug’ilgan I.M. boshqaruvidagi «BYD»rusumli transport vositalari o’zaro to‘qnashuvi natijasida yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan.
«Lacetti» haydovchisi 2002-yilda tug’ilgan B. X. mast holatda rul boshqaruvini yo’qotib YTH sodir etgan.
YTH natijasida Spark rusumli avtomashina haydovchisi 2001-yilda tug’ilgan A. E. va yo’lovchisi 2000-yilda tug’ilgan F. U. ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21101 | Инструменты