Huawei 1
Islom sivilizatsiyasi markazi Abror Abduazimovning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarini muallifning shaxsiy qarashlari sifatida qabul qilishni so'radi

"O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmatida o'rindoshlik asosida faoliyat yurituvchi Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov)ning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishlarini muallifning shaxsiy qarashlari sifatida qabul qilinishini so'raydi.

Texnik nuqtai nazardan ekspertizaga muhtoj va ko'rinishidan bayonotning bir qismi bo'lgan chiqishda aytilgan fikrlar ham diniy, ham dunyoviy tomondan keskin tanqidga loyiq.

Matbuot xizmatiga ma'lum qilinishicha, Abror Muxtor Aliy o'z chiqishiga izoh bergan va ayollardan uzr so'ragan. Unga bundan buyon chiqishlari mavzuiga va mazmuniga alohida e'tibor berish tavsiya qilindi", - deyiladi bayonotda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga