Huawei 1
Jamshid Qo‘chqorov: Qozog‘iston va Gazprom gaz transport tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi

O‘zbekiston gaz transport tizimini (GTT) modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda hamda bu borada Qozog‘iston va “Gazprom” bilan hamkorlikni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 10-oktabr kuni “SPXGF-2024” doirasidagi sessiyada bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.

“Biz gaz transport tizimini modernizatsiya qilish ustida ishlayapmiz. Shuningdek, Qozog‘istondagi hamkasblarimiz va "Gazprom" bilan ham bu sohada hamkorlik qilishdan juda manfaatdormiz”, — dedi vazir.

Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, gaz transport tizimini yangilash O‘zbekistonga gazni yanada ishonchli va barqaror yetkazib berishni ta’minlaydi. Shuningdek, u gazga bo‘lgan talab ortib borayotgani aholi sonining ko‘payishi va mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

Vazir O‘zbekiston iqtisodiyoti “energiya talabchan” ekanini qayd etdi. Shundan kelib chiqib, mamlakatda energiya iste’moli sohasida resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tarif siyosatini isloh qilish amalga oshirilmoqda. 2025-yilda energiya tariflari “islohotining asosiy bosqichi"ni yakunlash rejalashtirilgan.

Ilgari O‘zbekiston neft va gaz sanoati yiliga 70 mlrd kub metr gaz va 8 mln tonna suyuq uglevodorod qazib olishni ta’minlagan. Biroq, so‘nggi 15 yil ichida “zaxiralarning tugashi va texnologik yo‘qotishlar” tufayli uglevodorod ishlab chiqarish sezilarli darajada kamaydi. 2023 -yilda tabiiy gaz qazib olish 9,6%ga, 46,71 mlrd kub metrgacha, neft qazib olish esa 2,3%ga, 770,1 ming tonnaga qisqardi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101119 | Инструменты