Huawei 1
11-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

DXX: Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan jami 47,2 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar bo'ldi

Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ilhom Sobirov tayinlandi.

Toshkent shahrida Matiz va Spark to'qnashishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

O'zbekistonda iqtidorli yoshlar uchun “intellektual oromgohlar” tashkil etiladi

“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda 9 oyda amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida ma’lumot berildi

2024-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra, 4 080 774 ta notarial harakat amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foiz kamdir.

BAA bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yo‘qotishga uchradi

Terma jamoamiz hamda “Rubin” klubi himoyachisi Rustamjon Ashurmatov ikkita o‘yinda sariq kartochka olishi natijasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi uchrashuvida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

Surxondaryoda Isuzu haydovchisi 3 kishini urib yuborib qochib ketdi

Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etdi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li 6 yil 3 oy muddatda quriladi

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li bo‘yicha Jahon banki bilan ishlab chiqilgan loyiha to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, yo‘lda 10 ta tunnel bo‘ladi. Pulli yo‘l qurilishi orqali safar vaqti 2 soat 14 daqiqaga qisqaradi.

O'zbekiston bo‘yicha 26,9 ming nafar jismoniy va yuridik isteʼmolchi qarzdorligi uchun suv taʼminoti tarmog‘idan uzildi

Joriy yilning o'tgan davrida suv taʼminoti va oqova suv tizimlariga 8 500 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda xalqaro forumda ishtirok etdi

Prezident Ashxobod shahrida turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan "Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi - tinchlik va taraqqiyot asosi" mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida xalqaro forumda nutq so'zladi

"Maxtumquli o‘zbek xalqi uchun ham g‘oyat ardoqli va suyukli siymo ekani bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz. Ul zot Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida tahsil olgan, dunyoviy va diniy ilmlarni chuqur o‘rgangan. Ayni vaqtda u buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy ijodini yuksak qadrlagani ham mushtarak tariximiz sahifalari orqali yaxshi ma’lum", - deya ta'kidladi davlat rahbari.

Katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlarga doir vakolat ichki ishlardan Milliy gvardiyaga o‘tkazilmoqda

Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlarga doir vakolatlarini Milliy gvardiya organlariga o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

“Tolibon” va O‘zbekiston kompaniyasi gaz qazib olish bo‘yicha 1 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati O‘zbekiston kompaniyasi bilan Afg‘oniston shimolidagi Jauzjon va Faryob viloyatida joylashgan Tuti-Maydon konida tabiiy gazni qidirish va qazib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Toshkentda MIB xodimi 1 mlrd so‘m pullarni onlayn qimor o‘yinlariga tikib yubordi

MIBning Yunusobod tumani bo‘limining depozit bo‘yicha mutaxassisi 13 nafar fuqaroning plastik kartasiga o‘tkazib olish orqali bo‘lim depozit hisobraqamidagi mablag‘dan 932 mln so‘mni o‘zlashtirib yubordi.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

Davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forum yuksak darajada o‘tkazilgani bilan samimiy muborakbod etdi.

Samarqandda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida shahvoniy shilqimlik qilishda gumonlangan shaxs ustidan sud bo‘lib o‘tdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101119 | Инструменты