Huawei 1
Toshkentda MIB xodimi 1 mlrd so‘m pullarni onlayn qimor o‘yinlariga tikib yubordi

Joriy yilning 23 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida JKning 167-moddasi 2-qismi “g” bandi, 167-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblangan M.B.ga oid ish ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi M.B. Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Shayxontohur tumani bo‘limi depozit bo‘yicha mutaxassisi lavozimida ishlab kelib, o‘tgan yilning mart oyida qarzdor tomonidan ortiqcha to‘lab yuborilgan 46 mln so‘m pullarni 2023 yilning iyun oyiga qadar jiyanining plastik kartasiga o‘tkazishga erishib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari M.B. o‘tgan yilning iyul oyidan dekabr oyiga qadar ishlab kelib, o‘zining jiyani 2004 yilda tug‘ilgan Yu.T. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, ish yurituvida ijro hujjatlari mavjud bo‘lmagan 13 nafar fuqarolarning plastik kartalariga 932 mln so‘mdan ortiq mablag‘larni plastik kartalarga o‘tkazishga erishgan. Sudlanuvchi ushbu pullarni elektron qimor o‘yinlariga tikib yuborgan va o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Sudlanuvchi sud majlisida Byuroning Yunusobod tumani bo‘limi boshlig‘i X.T.ning xabari bo‘lgan va u bilan o‘rtadagi kelishuviga asosan 2023 yil oktyabr oyining oxirlarida 200 000 000 so‘m pulni X.T.ga Byuroning Yunusobod tumani bo‘limidagi xizmat xonasida berganligini, qolgan pullarni elektron qimor o‘yinlariga tikib yuborganini aytib suddan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi M.B. Jkning JKning 167-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topildi. Unga JKning 59-moddasiga asosan, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil kesil o‘tash uchun 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirish belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101119 | Инструменты