Huawei 1
Janubiy Koreyadagi sayyohlik kompaniyalari O‘zbekiston bo‘ylab infotur uyushtirmoqchi

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Seul shahrida Koreya sayyohlik agentliklari uyushmasi (KATA) raisi O Chang Xi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat turizm sohasi vakillarining oʻzaro hamkorligi, Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targʻib qilish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazish, shuningdek, oʻzaro sayyohlik oqimini koʻpaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokara yakunlari bo‘yicha tomonlar Koreya turoperatorlari uchun O‘zbekistonga infotur tashkil etish va Koreya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi bilan birgalikda PR-kampaniya o‘tkazish masalasi ustida ishlashga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100319 | Инструменты